Sulton Saodat Termiz sayyidlarining daxma makbarasi sifatida mashxurdir. Bu oilaviy majmua asrlar davomida tashkil topgan butun boshli mukammal bir inshootdir. Majmuaning eng qadimgi qismi uning janubi-g’arbidagi XI asrda qurilgan baland gumbazli ayvon pеshtoqi ostidagi go’rlar bilan to’la ikki maqbaradir.
Ulardan birinchisining ichki o’lchami 10X10 m, ikkinchisiniki 9X9 m bo’lib, ikkovini birlashtiruvchi gumbaz ostidagi keng maydon masjid xizmatini bajargan. Unda shakli turli-tuman uyma g’ishtlar juda moxirona va turli uslubda terilgan. Birinchi maqbarada IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan shu atrofdagi yerlarning egasi, obruli oila boshligi, Muxammad payg’ambarning avlodidan xisoblangan Xasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. Bu zal xar xil shakldagi gishtlar bilan turli-tuman uslubda terilgan.
Ikkinchi zal jixozi birmuncha oddiy, har ikkala makbara eshigi kungurador ayvonli bo’lib, hovliga qaratib qurilgan, bu uslub ansamblning kyeinchalik rivojlanishida reja sifatida xizmat qiladi. Tugallangan Sulton Saodat majmuasi kelishgan ayvonli, yirik gumbazli bosh maqbara (Xasan al-Amir maqbarasi) atrofida guruxlangan imoratlardan iboratdir. Sulton Saodat qariyb yetti asr (X-XVII) davomida shakllandi, u yegirmaga yaqin maqbarani uz ichiga oladi. XIV-XV asrlarda Sulton Saodat majmuasida ham yangi maqbaralar qurilgan.
About the author