​RASMIY XABAR! SURXONDARYO VILOYATIGA YANGI HOKIM TAYINLANDI

ByAdmin

​RASMIY XABAR! SURXONDARYO VILOYATIGA YANGI HOKIM TAYINLANDI

alt

2016 yil 16 sentyabr kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Bu haqda O’zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so’zladi.

Yig’ilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish, istiqbolli yangi sanoat ob’ektlari barpo yetish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Sessiyada tashkiliy masala ham ko’rildi. T.Mamaraimov boshqa ishga o’tgani munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tavsiyasiga ko’ra, Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Erkin Turdimov Surxondaryo viloyati hokimi yetib tasdiqlandi.

Message

About the author

Admin administrator

Leave a Reply