​SURXONDARYODA VATAN HIMOYACHILARI SHARAFLANDI

ByAdmin

​SURXONDARYODA VATAN HIMOYACHILARI SHARAFLANDI

alt

Surxondaryo viloyat hokimligi hamda «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 13 yanvar kuni Termiz shahridagi «Yoshlar markazi” binosida «O’zbekiston — mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g’ururimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirning badiiy qismida viloyat musiqali drama teatri xonandalari, viloyat Qo’g’irchoq teatri xonandalari, Termiz garnizoni ofitserlar uyi harbiy orkestr jamoasi, Termiz shahar hamda Muzrabot tuman Madaniyat va aholi dam olish markazi xonandalari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, «Nihol” mukofoti sovrindorlarining Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab ijro etgan kuy va qo’shiqlari tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir so’ngida Qurolli Kuchlarimiz safida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilarining bir guruhiga «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishoni topshirildi.

Tadbirda viloyatimizda samarali faoliyat yuritayotgan 410 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar, faxriylar, faol va iqtidorli yoshlar va mehmonlar ishtirok etishdi.

 

Message

About the author

Admin administrator

Leave a Reply